Bugun, 29-mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasida O‘zbekiston termasi Bahraynga qarshi bahs olib bordi. Unda 1:0 hisobi qayd etilib, O‘zbekiston termasi foydasiga hal bo‘ldi.
Dastlabki bo‘limda hisob ochilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketdi. O‘yinning 50 daqiqasida esa Sardor Rashidov raqib himoyachilarini dog‘da qoldirib, ajoyib zarba bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi g‘alabadan so‘ng “H” guruhi 10-turidan so‘ng ochkolar sonini 21 taga yetkazib, birinchi o‘rinni ko‘lga kiritdi. Bahrayn 9 ochko bilan qolib ketdi va to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhdan o‘rin olgan Filippin va KXDR o‘rtasidagi o‘yinda 3:2 hisobida filippinlik futbolchilar g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston – Bahrayn 1:0
Gol: Sardor Rashidov (50)Ogohlantirishlar: Yegor Krimets (45) – Volid Al-Hayam (31), Husayin Ali-Baba (46)
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov (Stanislav Andreyev, 25), Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov (Javohir Sohibov, 69), Sardor Rashidov, Eldor Shomurodov (Jasur Hasanov, 60), Igor Sergeyev.
Bahrayn: Abbos Ahmad, Sayid Muhammad Adnan, Abdulla Umar, Volid Al-Hayam, Husayin Ali-Baba, Sayid Dhiya Shubbar, Hesham Nayem (Sami Al-Xusani, 74), Abdulvahob Ali Al-Safi, Abdulvahob Al-Malud (Abdulla Yusuf Helal, 85), Ismoil Abdullatif (Muhammad Al-Romai, 69), Komil Al-Asvad.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynga qarshi uchrashuv oldidan JCh–2018 turnirining 3-saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgandi.
Izoh (0)