Misrning Egypt Air kompaniyasiga tegishli A-320 samolyotini garovga olgan Ibrohim Samaha AQShning Atlanta shahridagi universitet professori ekanligi aniqlandi. Bu haqda “Al-Ahram” gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Samaha AQSh fuqaroligiga ega. U shifokor-veterinar diplomi sohibi bo‘lib, Misrning Iskandariya viloyatida yashab kelgan.
Larnaka aeroportida tushirilgan, Misr televideniyesida ko‘rsatilgan dastlabki kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, Samaha taxminan 50 yosh atrofidagi erkakdir. U Burj al-Arab (Iskandariya)–Qohira reysi yo‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, 38K joyida o‘tirgan.
Samolyot havoga ko‘tarilgach, Samaha ekipajga yozma xabar yo‘llab, samolyot bortida bomba borligini aytgan va Turkiyaga uchishni talab qilgan. Ammo yoqilg‘i kamligi bois havo kemasi Kiprning Larnaka shahriga qo‘ngan.
Ayni paytda barcha yo‘lovchilar ozod qilindi. Samolyot bortida bomba borligi haqidagi xabar hozircha tasdiqlanmadi.
Izoh (0)