Misrning Egypt Air kompaniyasiga tegishli A-320 samolyotini garovga olib, ekipajni Kiprning Larnaka shahri aeroportiga qo‘nishga majbur qilgan shaxs Sayf ad-Din Mustafo ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda, Kipr tashqi ishlar vazirligining Twitter’dagi xabariga asoslanib, “RBK” yozmoqda.
Ilgariroq laynerni garovga olgan shaxs Iskandariya va Atlanta universitetlari professori Ibrohim Samaha ekanligi ma’lum qilingan edi. Ammo uning o‘zi bu da’volarni rad qilib, bortni boshqa yo‘lovchilar bilan birga tark etganini e’tirof etdi. Ibrohim Samahaning rafiqasi ham Misrning “ON-TV” telekanali efirida uning eri jinoyatga aloqador emasligini tasdiqladi.
Izoh (0)