Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 samolyoti yo‘lovchilaridan biri portlash uyushtirish bilan tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Misr aviatsiya vazirligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchining portlash haqidagi tahdididan so‘ng samolyot Kiprning Larnaka shahri aeroportiga qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, Misrda noma’lum shaxslar A-320 yo‘lovchi samolyotini garovga olgani ma’lum bo‘ldi. Samolyot Iskandariyadan Qohiraga reysni amalga oshirayotgan edi. Uning bortida 81 yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda. Samolyotni garovga olgan shaxslar misrlik ayollar va bolalarni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.
Izoh (0)