Misrda garovga olinib, Kiprda qo‘ngan, Egypt Air kompaniyasiga tegishli A-320 samolyotining barcha yo‘lovchilari ozod qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yevroparlament raisi Martin Shuls Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumanida Larnaka aeroportida turgan samolyotning barcha yo‘lovchilari ozod qilinganini aytib, barchasi yaxshilik bilan yakun topishiga umid bildirdi.
Ilgariroq samolyotni garovga olgan shaxs Ibrohim Samaha ismli Misr fuqarosi ekanligi ma’lum qilingan edi. U samolyot bortidan besh nafar chet el fuqarosi va ekipaj a’zolaridan boshqa barchani qo‘yib yuborgandi. Endilikda barcha yo‘lovchilar ozod qilingani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)