Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 samolyotini garovga olib, Kiprga qo‘ndirgan shaxs o‘z talablarini aytdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Kipr matbuotida ma’lum qilinishicha, u Misr qamoqxonalaridagi ayollarni ozod etishni talab qilgan.
Avvalroq Associated Press agentligi Kipr hukumatidagi manbalariga tayangan holda jinoyatchi hozircha ilgari surgan yagona talab politsiya mashinalarini samolyotdan uzoqroqqa olib ketish bo‘lganini yozgan edi.
Bir muddat ilgari Kipr tashqi ishlar vazirligi asl jinoyatchining ismini oshkor qildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu, ilgari xabar berilganidek, Iskandariya va Atlanta universitetlari professori Ibrohim Samaha bo‘lmay, balki Sayf ad-Din Mustafo ismli shaxs ekan. Samahaning o‘zi ayblovlarni rad qilib, bortni boshqa yo‘lovchilar bilan birga tark etganini e’tirof etdi. Ibrohim Samahaning rafiqasi ham Misrning “ON-TV” telekanali efirida uning eri jinoyatga aloqador emasligini tasdiqladi.
Izoh (0)