Bag‘doddan janubdagi futbol stadionida havaskorlar uchrashuvini o‘tkazish chog‘ida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Portlash natijasida 29 kishi halok bo‘ldi, 60 ga yaqin odam jabrlandi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Rasmiylarning aniqlik kiritishicha, terakt Iroq poytaxtidan 50 kilometr janubda joylashgan Iskandariya shahrida yuz bergan.
SITE Intelligence Group guruhining ma’lumotlariga qaraganda, terakt uchun javobgarlikni IShID ekstremistik guruhi zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)