O‘zbekistonda AQSh biznesi uchun imkoniyatlarni rag‘batlantirish maqsadida AQSh savdo delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya 22—24-mart kunlari O‘zbekiston hukumati va biznes doiralari ishtirokidagi davra suhbatida qatnashdi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston hukumati, AQSh elchixonasi, AQSh Savdo departamenti, O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi hamda Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi hamkorligida tashkil etilgan. Davra suhbati sog‘liqni saqlash sohasiga oid texnologiyalar va farmatsevtikaga asosiy e’tiborni qaratsa-da, unda O‘zbekistondagi boshqa sanoat sohalariga aloqador biznes masalalari va imkoniyatlari ham muhokama etildi.
Tadbirda O‘zbekistondan tashqarida faoliyat yuritayotgan 13 ta AQSh kompaniyasining 30 ga yaqin vakili ishtirok etdi. Ular O‘zbekiston hukumati vakillari, AQSh elchixonasi, Amerika savdo palatasi direktorlar kengashi va a’zo kompaniyalari hamda boshqa mahalliy ishbilarmonlar bilan birgalikda davra suhbatida ishtirok etdi.
Izoh (0)