AQSh davlat kotibi Jon Kerri Moskvada yosh olimlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “TASS” Amerika diplomatik vakolatxonasi matbuot kotibi Uilyam Stivensning Twitter’iga tayanib.
Avvalroq Davlat departamentidagilar Kerri “turli sohalarda ishlaydigan rossiyalik yosh professionallar, shu jumladan, tadbirkorlar, olimlar, blogerlar, fuqarolik jamiyati vakillari” bilan uchrashishni rejalashtirgani haqida ma’lum qilgan edi.
Ushbu uchrashuvda qatnashish uchun AQSh elchixonasiga o‘nga yaqin kishi taklif etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dmitriy Peskov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va AQSh davlat kotibi Jon Kerrining uchrashishini tasdiqlagan, uchrashuvning kun tartibida birinchi navbatda Suriya va Ukraina mavzulari turishini ta’kidlab o‘tgan edi.
Izoh (0)