Belgiyaning Derniere Heure gazetasi Bryussel aeroportidagi portlashlarni amalga oshirgan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning fotosuratini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gazeta saytiga joylashtirilgan kadr aeroportdagi kuzatuv kamerasidan olingani aytilmoqda. Fotosuratda yuk solingan aravani itarib ketayotgan ikki shaxs aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bryussel aeroportidagi bombani aka-uka Bakraviylar portlatgani xabar qilingandi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportdagi portlashga jami uch kishi aloqador bo‘lgan, ulardan ikki nafari halok bo‘lgan, uchinchisi aerovokzal binosidan qochib qolgan.
Izoh (0)