Futbol bo‘yicha Fransiya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilinmaydi. Bu haqda “Stad de Frans” stadioni matbuot xizmatiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
Bugun, 22-mart kuni Bryussel shahrida yuz bergan teraktlarning bo‘lajak o‘yinga ta’siri haqidagi savolga “Stad de Frans” matbuot xizmati “Bo‘lajak o‘yin bekor qilinmaydi, xavfsizlik choralari esa oshiriladi. Biz ma’lum qilishimiz mumkin bo‘lgan xabarlar hozircha shulardan iborat”, deya javob qaytardi.
Ma’lumot uchun, Fransiya va Rossiya termalari o‘rtasidagi uchrashuv 29-mart, seshanba kuni Parij shahridagi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)