Belgiya poytaxti Bryussel shahrida yuz bergan portlashlar sababli futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlari bekor qilindi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
22-mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 atrofida Bryusselning “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, keyinroq shahar metropolitenining “Shuman maydoni” va “Malbek” bekatlarida portlashlar sodir etilgani haqida xabar qilindi.
Ayni damda Bryussel hududida favqulodda harakatlar rejasi tatbiq etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi 29-mart, seshanba kuni Portugaliya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)