Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, mamlakat, zarur bo‘lsa, bir necha soat ichida Suriyadagi harbiy kuchlarini o‘stira oladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Davlat rahbari bu so‘zlarni bugun, 17-mart kuni, Suriyadagi maxsus amaliyotlarni bajarishda namuna ko‘rsatgan harbiylarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, Putin bunday bo‘lishini istamasligini tan oldi.
Shuningdek, u Suriyada terrorchilarning pozitsiyalariga zarba berish davom ettirilishini ta’kidladi.
Izoh (0)