AQSh prezidenti Barak Obama KXDRga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etish haqidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Bu Shimoliy Koreyaning 6-yanvar kuni yadro sinovi o‘tkazganligi va 7-fevral kuni ballistik raketa uchirganligiga javoban amalga oshirilganligi ta’kidlanmoqda.
Sanksiyalar KXDRning 17 tashkilot va hukumat vakiliga nisbatan joriy etilgan. Shuningdek, sanksiyalarga KXDRning banklari va savdo kemalari ham kiritilgan. Shimoliy Koreyaning AQSh hududidagi barcha mulklari bloklab qo‘yilgan.
Izoh (0)