Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finali doirasidagi “Bavariya” va “Yuventus” qarama-qarshiligining dastlabki uchrashuvida 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Bu javob o‘yinidagi intrigani yanada oshirib yubordi.
Birinchi o‘yindan so‘ng
Har ikki klub ichki chempionatda beshtadan o‘yin o‘tkazdi. Natijalarda tenglik: uchtadan g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat. “Yuventus” Italiya kubogi yarim finalida “Inter”dan 0:3 hisobida yengilib, keyinroq penaltilar seriyasida final chiptasini qo‘lga kiritdi. “Bavariya” esa kutilmaganda o‘z maydonida “Maynts”ga imkoniyatni boy berdi – 1:2.Ayni paytda har ikki klub o‘z mamlakati chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi. “Bavariya” eng yaqin taqibchisi — Dortmund “Borussiya”sini 5 ochkolik farq bilan ortda qoldirayotgan bo‘lsa, “Yuventus” “A” Seriyada “Napoli”dan 3 ochko o‘zib ketgan.O‘zaro o‘yinlar
“Bavariya” va “Yuventus” o‘rtasidagi so‘nggi beshta qarama-qarshilikda turinliklar zafar qucha olmadi: 2 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat. Myunxenda o‘tgan so‘nggi ikki o‘yinda Italiya superklubi gol urishning uddasidan chiqa olmagan: 2010-yilda 0:0, 2013-yilda 0:2. Massimiliano Allegri jamoasi chorak finalga yo‘l olishni istasa, eng kamida 1 ta gol urishiga to‘g‘ri keladi.Jarohatlar
“Yuventus”ning ahvoli biroz og‘ir — jamoaning yetakchi futbolchilaridan Dibala va Kyellini o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Asamoa, Kaseres, Sandro kabilarni ham ular qatoriga qo‘shish mumkin. “Bavariya”da esa Badshtuber, Boateng, Xavi Martinesning jarohati bor.
O‘yinoldi fikrlar
Xosep Gvardiola: “Birinchi o‘yindan keyin ‘Yuventus’ni yanada ko‘proq hurmat qila boshladim”.Paulo Dibala: “‘Bavariya’ga qarshi o‘ynay olmasligimni bilganimdan so‘ng, o‘zimni qo‘yarga joy topa olmadim”.
Filipp Lam: “‘Yuventus’ ‘Bavariya’ning xato qilishini kutib to‘p suradi”.
Fabio Kapello: “‘Bavariya’ ‘Yuventus’dan kuchliroq”.
Frank Riberi: “Biz ‘Yuventus’ga qarshi o‘yinda durang uchun o‘ynamoqchi emasmiz”.
Lotar Matteus: “‘Yuventus’ hujumkor futbol namoyish etmaydi”.
Janluidji Buffon: “Bizda ‘Bavariya’ni ortda qoldirish uchun yaxshi imkoniyat bor”.
Massimiliano Allegri: “Tarkibdagi yo‘qotishlar, albatta, achinarli. Lekin bundan fojea yasamaslik kerak”.Hakam
Myunxendagi Allianz Arena stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni shvetsiyalik Yonas Eriksson boshqarib boradi.
Izoh (0)