Gollandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo bo‘yicha G1 turkumiga kiruvchi mavsumning navbatdagi yirik turniri – Lotto Dutch Open Taekwondo Championships–2016 o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
12–13-mart kunlari Eyndxoven shahridagi Indoor Sportcentrum Eindhoven sport majmuasida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida 43-bor o‘tkazilgan nufuzli musobaqada jahonning 1100 nafardan ortiq taekvondo ustalari o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Aleksandr Kim boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi taekvondochilari ham mazkur musobaqada katta tarkib bilan ishtirok etdi.
-87 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Jasur Boyqo‘ziyev musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Dunyo reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Boyqo‘ziyev yarim final bellashuvida turkiyalik Serdar Yukselga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Finalda aynan Yukselni mag‘lub etgan rossiyalik Vladislav Larin musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Izoh (0)