Anqarada 13-mart, yakshanba kuni portlatib yuborilgan avtomobil 10-yanvar kuni olib qochilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Haberturk telekanalining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, BMW markasidagi mashina 10-yanvar kuni Shonliurfa viloyatidagi keksa ayoldan olib qochib ketilgan. O‘sha kunning o‘zida u Diyorbakirga keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 13-mart kuni Anqarada yuz bergan terakt oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)