Misr adliya vaziri Ahmad az-Zind iste’foga chiqarildi, deb xabar beradi Meduza.
Televideniyedagi intervyusi chog‘ida az-Zind, “qonunni buzgan taqdirda, hatto payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni ham shaxsan qamoqqa olgan bo‘lar edim”, deb bayonot berdi.
“Xudo meni kechirsin”, — deb qo‘shimcha qildi vazir yuqoridagi so‘zlardan so‘ng.
Ertasi kuni az-Zind bu so‘zlari uchun kechirim so‘radi. Shunga qaramay, mamlakat bosh vaziri Sharif Ismoil uni iste’foga chiqarish haqida qaror qabul qildi.
Izoh (0)