Anqaraning Kazilay tumanida yuz bergan portlash oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi. Yana 125 kishi jabrlandi. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Mehmet Muyezino‘g‘lining ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
“Hozirgi paytda 125 kishi shifoxonada bo‘lib, ulardan 19 nafarining ahvoli jiddiyligi ma’lum qilinmoqda. Shifokorlar jabrlanganlarning yetti nafarida operatsiya o‘tkazmoqda”, — deb ta’kidladi vazir.
Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala mamlakat hukumati 13-mart kechqurunida sodir etilgan terakt ortida qaysi tashkilot turganligini 14-mart kuni ma’lum qilishini aytib o‘tdi.
Hukumatning ma’lum qilishicha, terakt shaharning bir nechta bank, metro stansiyasi, avtobus bekati va xiyobon joylashgan qismida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, portlovchi moddalar joylangan avtomobil avtobusga kelib urilgan.
Izoh (0)