AQSh prezidentligi lavozimiga Respublikachilardan nomzod bo‘lishga da’vogar texaslik senator Ted Kruz 12-mart, shanba kuni Vayoming shtatida bo‘lib o‘tgan partiya faollari yig‘ilishidagi (kokus) ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘alaba qozondi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Byulletenlar bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra, Kruz 66,3 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni 19,5 foiz ovoz to‘plagan Florida shtati senatori Marko Rubio, hamda uchinchi o‘rinni 7,2 foiz ovoz to‘plagan milliarder Donald Tramp egalladi.
To‘rtinchi o‘rindan joy olgan Ogayo gubernatori Jon Keysik birorta ham ovoz olmagan.
Izoh (0)