Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi turnirining chorak finalida “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Uotford” futbolchilarini qabul qildi. Unda 1:2 hisobi qayd etilib, “Arsenal”ning mag‘lubiyati bilan yakunlandi, deb xabar qilmoqda “Chempionat”.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketdi. O‘yinning 50-daqiqasida “Uotford” hujumchisi Odion Igalo hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqada Adlen Gediura jamoasi ustunligini oshirdi. 88-daqiqaga kelib “Arsenal” forvardi Denni Uelbek hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘yindagi so‘nggi gol bo‘ldi va Angliya Kubogining amaldagi sohibi “Arsenal” musobaqani tark etdi. “Uotford” klubi esa yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Angliya Kubogi, 1/4 final
“Arsenal” – “Uotford” – 1:2 (0:0)
Gollar: Uelbek (88) — Igalo (50), Gediura (63)“Arsenal”: Ospina, Mertesaker, Gibbs, Chembers, Gabriel, O‘zil, Koklen, Kempbell (Uelbek, 68), El-Nenni (Ivobi, 67), Sanches, Jiru (Uolkott, 68).
“Uotford”: Pantilimon, Ketkart, Predl, Nom, Kapu (Anya, 73), Ake, Bexrami, Uotson, Gediura (Abdi, 77), Igalo (Amrabat, 82), Dini.
Ogohlantirishlar: Pantilimon (43), O‘zil (74).
Izoh (0)