Oshpaz va bloger, “Oshxona.Uz” va Chustiy Cuisine restoranlari asoschisi Bahriddin Chustiy Italiyaning Venetsiya shahrida filial ochishni niyat qilmoqda. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
Sahifada Bahriddinning “Oshpaz-bobo” deb atalgan hamkasbining Venetsiyada tushgan surati joylashtirildi.
“Biz rekordlarni yangilar ekanmiz, ungacha bizning ‘Oshpaz-bobo’ dunyo bo‘ylab sayohat qilib, filiallar ochish variantlarini ko‘rib chiqmoqda”, — degan izoh qoldirildi rasm ostida va unga #Venetsiya heshtegi qo‘shimcha qilindi.
Izoh (0)