AQSh sud-tibbiy ekspertizasi Rossiya matbuot ishlari sobiq vaziri Mixail Lesinning boshiga yetkazilgan jarohatlar uning o‘limiga sabab bo‘lgan degan xulosaga keldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“O‘limning sababi — boshga o‘tmas buyum yordamida yetkazilgan jarohatlar”, — deydi Vashington sud-tibbiy eksperti idorasi vakili Lashon Bimon.
Politsiya surishtiruvni faol ravishda davom ettirayotganligi ma’lum qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lesinning jasadi 2015-yilning 5-noyabr kuni Vashington markazidagi “Dyupon serkl” mehmonxonasidan topilgandi.
Izoh (0)