O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha 2018-yilgi Jahon chempionati musobaqasi, ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 24-mart kuni Filippinga qarshi hamda 29-mart kuni Bahraynga qarshi bo‘ladigan o‘yinlari “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00 da start oladi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ushbu ikki uchrashuviga jalb etiladigan futbolchilar ro‘yxati 14-mart kuni O‘FF matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi “H” guruhida olti uchrashuv o‘tkazib, 15 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Yetti uchrashuvda 16 ochko jamg‘argan KXDR terma jamoasi “H” guruhida hozircha peshqadamlik qilmoqda.
Izoh (0)