AQSh prezidenti Barak Obama Eronga qarshi amal qiluvchi sanksiyaviy rejimni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
AQSh Kongressiga yuborilgan bildirishnomada Obama Tehron bilan yadro dasturi bo‘yicha imzolangan kelishuv, shuningdek, 2016-yilda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik Eron bitim qoidalarini bajarayotganligini tasdiqlaganligini eslatib o‘tgan.
“Shunga qaramasdan, Eron hukumatining ma’lum harakatlari va qarorlari AQSh manfaatlariga zid bo‘lib, Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyoti uchun favqulodda tahdidni yuzaga keltirishda davom etmoqda. Shu munosabat bilan men Eronga nisbatan avval e’lon qilingan milliy favqulodda holatni uzaytirish va ushbu tahdidga javoban ma’lum sanksiyalarni o‘z kuchida qoldirishga qaror qildim”, — deb ta’kidladi AQSh prezidenti.
Obamaning qaroriga asosan ushbu rejim yana bir yilga uzaytiriladi.
Izoh (0)