Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning yangi chempioni avstraliyalik Lukas Braun britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi jang o‘tkazishga tayyor ekanini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Bigmir.net”.
“Tayson Fyurining jag‘i mening zarbamga dosh bera oladi, deb o‘ylamayman. Uni mag‘lub etish oson kechmaydi, lekin 3–4 ta aniq zarba yo‘llasam, bu uning uchun ‘xayrli tun’ bo‘ladi. Jangni Buyuk Britaniyada o‘tkazish borasida menda hech qanday muammo yo‘q. Fyuri Manchester shahridan. Mening promouterim Rikki Xatton ham o‘sha yerdan”, — deydi Braun.
Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevni mag‘lubiyatga uchratgan Lukas Braun Peurto-rikolik Fres Okendoga qarshi majburiy himoya jangini o‘tkazishi kerak. Agar Braun bo‘lajak jangda g‘alaba qozonsa, u WBA versiyasi bo‘yicha superchempion nomi uchun Tayson Fyuriga qarshi ringga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)