Sobiq Ittifoq xalq artisti Armen Jigarxanyan 4-mart, juma kuni N.V. Sklifosovskiy nomidagi Tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti kardiologiya bo‘limining reanimatsiyasiga yotqizildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Institutning ma’lum qilishicha, u kardiologiya bo‘limining yurak xurujini boshdan kechirgan bemorlar uchun reanimatsiyasiga joylashtirilgan.
“Aktyor Sklifosovskiy nomidagi tez yordam institutiga yetkazilgan”, — deb tasdiqladi tez yordam ma’lumotlar bo‘limi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 80 yoshli Armen Jigarxanyan uchinchi marta uylanganligi, 36 yoshli Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya mashhur aktyorga turmushga chiqqanligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)