Xalqaro valyuta jamg‘armasi Xitoy yuanini rasman xalqaro zaxira valyutasi deb tan oldi. Bu haqda Jamg‘arma matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, shu munosabat bilan tashkilot Direktorlar kengashi yuanni XVJga a’zo mamlakatlar valyuta zaxiralari tarkibi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarga AQSh dollari, yevro, Yaponiya iyenasi, Britaniya funt sterlingi, Shveysariya franki, Avstraliya dollari va Kanada dollari bilan bitta qatorga kiritish haqida qaror qabul qildi.
Yuanning hisobotlarga oid hujjatlarga kiritilishi “tashkilotga a’zo mamlakatlar yuanga denominatsiya qilingan o‘z tashqi aktivlarini rasmiy zaxira sifatida ko‘zda tuta olishini bildiradi”, — deya aniqlik kiritishdi XVJdagilar.
Qaror 2016-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.
Izoh (0)