Venesuela Tashqi ishlar vazirligi rahbari Delsi Rodriges mamlakat hukumati AQSh bilan munosabatlarini to‘liq qaytadan ko‘rib chiqish haqida qaror qabul qilganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, bunga AQShning “zo‘ravonlikni targ‘ib qilganligi” uchun mamlakatning 56 nafar yuqori mansabdoriga nisbatan sanksiyalarni bir yilga uzaytirish haqidagi qarori sabab bo‘lgan.
“Biz AQSh hukumati bilan munosabatlarni har tomonlama qaytadan ko‘rib chiqishni amalga oshirmoqchimiz”, — dedi Rodriges.
Tashqi ishlar vaziri Oq uyning qarori BMT ustavi va xalqaro huquqni buzishi haqidagi bayonotni o‘qib eshittirdi.
Izoh (0)