“Barselona” jamoasi rahbariyati argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish istagini bildirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, kataloniyaliklar Messi bilan hamkorlikni 2022-yilga qadar uzaytirib, uning 2021/22-yilgi mavsumda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan yangi stadionda to‘p surishiga umid qilyapti. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2018-yilgacha mo‘ljallangan.
Avvalroq, “Barselona” rahbariyati Neymar va Serxio Buskets bilan shartnomani yozda uzaytirishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)