Germaniyaga joriy yil fevralida kelgan qochoqlar soni o‘tgan oyga nisbatan sezilarli ravishda kamaygan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
DPA ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga fevralda 61 428 nafar qochoq kelgan, yanvarda esa bu ko‘rsatkich 91,5 ming kishidan ziyod bo‘lgan.
Avvalgidek, boshpana so‘raganlarning aksari Bavariyaga borgani qayd etilgan: bu yerda fevral oyida 41 mingga yaqin qochoq ro‘yxatdan o‘tgan (yanvar oyida salkam 75 ming kishi).
Izoh (0)