Shu yilning 1–4-mart kunlari Toshkent shahrida “Ertangi kun sporti” nomli futbol festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Musobaqada O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron hamda Yaponiyaning 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etadi. Ushbu turnir O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun joriy yilning 15-sentabridan 2-oktabriga qadar Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqichlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar termasi musobaqaga tayyorgarlikni 25-fevraldan boshlab yubordi.
Quyida xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasidagi o‘yinlar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.
1-mart
11:00 O‘zbekiston U-16 – Turkmaniston U-16
15:00 Yaponiya U-16 – Eron U-16
2-mart
11:00 Yaponiya U-16 – Turkmaniston U-16
15:00 O‘zbekiston U-16 – Eron U-16
4-mart
11:00 Eron U-16 – Turkmaniston U-16
15:00 O‘zbekiston U-16 – Yaponiya U-16
Ushbu festivaldan o‘rin olgan barcha o‘yinlar “Jar” stadionida o‘tkaziladi.
Izoh (0)