“Ash-Shabob” terrorchi guruhi jangarilari Somali poytaxti Mogadishodagi mehmonxona yaqinida bomba o‘rnatilgan mashinani portlatib yuborib, so‘ng binoga hujum uyushtirdi. France-Presse agentligiga asoslanib, “TASS”ning xabar berishicha, hujum oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan.
“Ash-Shabob” guruhi vakili Shayx Abdiaziz Abu Musob terakt sodir etilganini Reuters agentligiga tasdiqladi. Uning so‘zlariga qaraganda, hujum Somalining yoshlar ligasi mehmonxonasi – SYL Hotel’ga uyushtirilgan.
Guvohlarning aytishicha, portlashdan so‘ng o‘q ovozlari eshitilgan, o‘sha hududdan tutun ko‘tarilmoqda.
Izoh (0)