Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Angliyaning “Arsenal” futbol klubining 18695 aksiyasini xarid qildi va shu orqali London jamoasidagi ulushini 30,04 foizgacha oshirdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar qilmoqda.
“Men London klubidagi ulushimni uzoq muddatli sarmoya sifatida g‘urur bilan saqlayman. Jamoa uchun faqat yaxshilikni tilayman va uning muvaffaqiyati uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, — deydi 62 yoshli Usmonov.
Mashhur Forbes jurnali Alisher Usmonovning moliyaviy holatini 9,2 milliard funtga baholamoqda.
Qayd etish joiz, “Arsenal” futbol klubining aksiyalar nazorat paketi amerikalik Sten Kronkega tegishli. U klubning 67 foiziga egalik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Usmonov tomonidan “Everton” klubi xarid qilingani gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi, biroq uning vakili bu xabarni rad etdi.
Izoh (0)