Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning kelgusi taqdiri haqidagi qaror vakolat muddati yakunlanganidan so‘ng qabul qilinadi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Belgilangan muddat bor, ushbu muddat tugaganidan so‘ng prezident tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi. Biz hech qachon prezidentning bunday qarorlarini oldindan ma’lum qilmaganmiz, bu gal ham shunday bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Peskov Ramzan Qodirovning lavozimida qolish-qolmasligi haqidagi savolga javoban.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirovning Checheniston rahbari sifatidagi vakolat muddati 2016-yilning 5-aprel kuni nihoyasiga yetadi. U lavozimida qolishni istamayotgani, biroq bunga zarurat bo‘lsa, faoliyatini davom ettirishini bildirgan.
Izoh (0)