Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 12-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida videoxabar qoldirilgan.
Videoda voqea joyiga o‘t o‘chirish guruhi va militsiya mashinasi yetib kelganini ko‘rish mumkin. Yong‘in nima sababdan kelib chiqqani, shuningdek, jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)