O‘zbekistonning “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuniga bolalar ovqatida genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlarni qo‘llashga taqiq joriy etishga yo‘naltirilgan qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bundan tashqari, tarkibida modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bor bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish va iste’mol qilishni cheklash ko‘zda tutilgan.
Qonunga tegishli qo‘shimchalarni kiritish 2016-yilning “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi (pdf)da nazarda tutilgan. Dastur 9-fevral kuni Prezident Islom Karimov tomonidan tasdiqlandi.
Izoh (0)