O‘zbekistonda 20-fevral, shanba kuni Ostona vaqti bilan 04:13 (Toshkent vaqti bilan 03:13)da 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Qozog‘iston ta’lim vazirligi ilmiy qo‘mitasining seysmologik tajribaviy-uslubiy ekspeditsiyasiga tayanib.
Zilzilaning 9,9 energetik sinfli epitsentri O‘zbekiston hududida Olmaotadan 487 km janubi-g‘arbda joylashdi.
Seysmologlar ta’kidlashicha, MSK-64 shkalasi bo‘yicha sezilish haqidagi ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)