Filippin janubida karnaval o‘tkazish chog‘ida yuz bergan portlash natijasida olti yoshli bola halok bo‘ldi, yana 18 kishi yaralandi. Bu haqda Philstar nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Hodisa Esperansa shahrida 21-fevral, yakshanba kuni kechasi sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, uchta mototsikldagi erkaklar karnavalda to‘plangan odamlarga qarata granatalar uloqtirgan.
Esperansa shahri politsiyasi bosh inspektorining so‘zlariga qaraganda, granatalardan biri portlamagan, uni sapyorlar zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.
Hozirgi paytda hujum qilganlardan biri qo‘lga olingan, u so‘roq qilinmoqda.
Izoh (0)