Shimoliy Koreya AQSh tomonidan unga qarshi joriy qilinayotgan yangi sanksiyalarga qaramay, o‘zining yadroviy qudratini o‘stirishda davom etadi. Bu haqda KXDR TIV tarqatgan bayonotda aytildi, deb xabar beradi “Interfaks” agentligi.
“AQSh bizga nisbatan qancha dushmanlarcha harakat qilsa, KXDRning iqtisodiyot va yadroviy kuchlarni parallel ravishda rivojlantirish kursida sobit turish qarori ham shuncha qat’iylashib boradi”, – deyiladi bayonotda.
Bayonotda ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan imzolangan sanksiyalar to‘g‘risidagi yangi qonun KXDRning savdo-iqtisodiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda unga qarshi psixologik kurash olib borishga qaratilgan.
Izoh (0)