Boliviya fuqarolari 21-fevral, yakshanba kuni Evo Moralesga prezidentlik lavozimining uchinchi muddatiga saylanish imkoniyatining berilishi masalasida referendum o‘tkazadi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Morales parlament tomonidan o‘tgan yili ma’qullangan konstitutsiyaga o‘zgartirishni tasdiqlatish uchun referendum tashkil etdi. Prezidentning so‘zlariga qaraganda, unga uchinchi muddat ijtimoiy islohotlarni yakuniga yetkazish uchun zarur. Muxolifat bu tashabbusni aksildemokratik deb hisoblamoqda.
“Yakshanba kuni biz g‘alaba qozonamiz”, — dedi Morales kampaniya chog‘ida. Uning ikkinchi muddati 2020-yilda yakunlanadi, biroq xalqning qo‘llab-quvvatlashi uning hokimiyatda 2025-yilgacha qolishiga imkon beradi.
Izoh (0)