O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga 2016-yil 17-fevral kuni Anqara shahrida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur maktubda O‘zbekiston Rahbari Turkiya Prezidentiga va turk xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga hamda yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, minalashtirilgan mashinaning harbiylarni olib ketayotgan transport kolonnasi yonida portlashi oqibatida 27 harbiy va bir davlat xizmatchisi halok bo‘lgan, 61 kishi turli darajada jarohati olgan.
Izoh (0)