18-fevral, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 11:05 da Namangan shahrida yerosti silkinishlari sezildi. Bu haqda “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Zilzila Toshkent shahridan 262 km sharqda, Farg‘ona shahridan 150 km shimolda, Qirg‘iziston hududida yuz berdi. Zilzila kuchi uning epitsentrida 4 magnitudaga teng bo‘lgan.
Namangan shahrida yerosti silkinishlari kuchi 2 ballni tashkil etgan. O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 16-fevral, seshanba kuni ham Qirg‘iziston hududida ro‘y bergan zilzila Namangan shahrida sezilgandi.
Izoh (0)