OPEK tashkilotining barcha a’zolari va Rossiya neft qazib olish hajmini saqlab qolish tashabbusini yoqlab chiqsa, BAA ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqa mamlakat neft vaziri Suhayl al-Mazruiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
17-fevral, chorshanba kuni Mosvka vaqti bilan 18:52 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 20:52) Londondagi ICE Futures birjasida Brent markasining aprel fyucherslari 5,8 foizga o‘sdi va barreliga 34,03 dollarni tashkil qildi. Bu vaqtda Nyu-York tovar birjasida WTI markasidagi neftning mart oyi uchun narxlari 5 foizdan ko‘proqqa oshdi va barreliga 30,5 dollardan savdo qilindi.
16-fevral, seshanba kuni Rossiya, Venesuela, Qatar va Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini yanvar oyidagi daraja bilan saqlab qolish tashabbusini ilgari surgandi. Eron, Iroq, Jazoir, Nigeriya, Ummon va Ekvador bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)