Saudiya Arabistoni va Rossiya dunyo bozorida neft xomashyosi keragidan ortiq bo‘lib ketgani tufayli, neft qazib chiqarish hajmini muzlatib qo‘yishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” Dohadagi muzokaralar natijalariga tayanib.
Neft qazib olishni yanvar darajasida muzlatib qo‘yish “yetarli” bo‘ladi, dedi Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak bilan muzokaralardan so‘ng. Reuters xabariga ko‘ra, Venesuela va Qatar ham neft qazib chiqarishni muzlatishga kelishgan.
“Bugungi kunda yetkazib berishlar joriy narxlar tufayli pasayib ketayotganini tan olamiz. Biz, shuningdek, talab ko‘tarilganini ham e’tirof etamiz. Shuning uchun biz ishlab chiqarishni potensial tarzda to‘xtatib qo‘yishga rozimiz, bu jarayonning boshlanishi bo‘lib, biz uni yaqin oylarda baholaymiz va bozorni barqarorlashtirish uchun boshqa choralar ham lozimligini aniqlaymiz”, — dedi Ali al-Naimiy.
Izoh (0)