Rossiya transport vazirligi Ukrainada ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinalarining Rossiya hududida harakatlanishini taqiqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Vazirlikning bildirishicha, Rossiya yuk mashinalarining Ukrainada harakatlanishiga to‘sqinlik bo‘layotganiga javoban shunday qaror qabul qilingan. Taqiq Rossiya avtomobillari bilan bog‘liq vaziyat qo‘shni mamlakatda hal etilmaguncha amalda bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning turli viloyatlarida Rossiyaning 100 dan ziyod yuk mashinasi harakatiga to‘siq qo‘yilgan, YeI davlatlaridan Rossiyaga qaytayotgan 500 dan ortiq avtomobil Ukraina hududiga kirgizilmagan.
Izoh (0)