“Paxtakor” futbol klubi massajchisi Anvar Biserov 3-fevral kuni uydan chiqib ketganicha, qaytib kelmagan. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Biserovning yaqinlari va futbol jamoatchiligi vakillari tomonidan suratli xabar tarqatilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1969-yilda tug‘ilgan Anvar Biserovni so‘nggi bor Chirchiq shahrida, “Paxtakor” futbol klubi logotipi tushirilgan ko‘k sport kiyimida ko‘rishgan.
“Uni ko‘rgan yoki yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lganlarni ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni so‘raymiz”, — deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarda.
“Paxtakor” futbol klubi rasmiy saytining “Rahbariyat” bo‘limida Anvar Biserov jamoa massajchisi sifatida ko‘rsatilgan.
Izoh (0)