AQSh Kongressining Palata vakillari yadroviy va raketa dasturlari sababli KXDRga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni kengaytirishga imkon beradigan qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Shu mazmundagi tashabbus 408 nafar kongressmen tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, ularning ikki nafari qarshi ovoz bilan chiqdi.
10-fevral, chorshanba kuni, mazkur tashabbus senat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Shunda 100 nafar palata a’zosidan 96 nafari qaror foydasiga ovoz berib, senatorlarning hech biri qarshi bo‘lmadi.
Qonun loyihasi AQSh prezidenti Barak Obamaga tasdiqlash uchun yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh KXDR sun’iy yo‘ldoshli raketa uchirganiga javoban Janubiy Koreya hududida vaqtincha qo‘shimcha raketaga qarshi himoya batareyasini joylashtirgan edi.
Izoh (0)