2016-yil 9-fevralda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
“Unda ‘Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi’ degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan”, — deyiladi O‘zA xabarida.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish uchun 7 trillion 483,3 milliard so‘m va 194,4 million dollar yo‘naltiriladi.
Izoh (0)