“Agrobank” Yagona umumrespublika protsessing markazining PayMe servisiga ulangan O‘zbekistondagi ikkinchi bank bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ushbu servis jismoniy shaxslarga bir bank doirasida plastik kartadan boshqa plastik kartaga onlayn tartibida pul o‘tkazish imkonini beradi. Mazkur xizmat dastlab “Aloqabank” tomonidan taklif etilgan edi.
Kartadagi pulni Uzcard milliy to‘lov tizimi saytidagi personal kabinetdan yoki Uzcard mobil dasturidan o‘tkazish mumkin. Bir oyda 1 million so‘mgacha pul o‘tkazish/qabul qilish mumkin. Har bir o‘tkazmadan 2 foiz miqdorida haq olinadi.
Izoh (0)